Abstract
Mazkur maqolada Farg`ona vodiysi kichik suv havzalari bo`lgan Oltiariqsoy va Janubiy farg’ona kanali irmoqlarida tarqalgan Kushakevich yalangbalig‘i – Iskandaria kuschakewitschi (herzenstein, 1890)ning morfobiologik kursatkichlarining qiyosiy tahlili natijalari keltirilgan. Suv havzalarida muhit sharoitining barqarorligi baliqlarning morfobiologik ko`rsatkichlarini o’zgarishiga olib kelmay, faqatgina baliqlarning umumiy o’g’irliklari va yon chizig`idagi poralar sonida, nisbatan farqlar borligi aniqlangan. Baliqlarning assimetriya ko’rsatkichi tahlili natijasiga ko’ra ularning bilaterial belgilari o`zgarishlarga uchramaganligini ko’rsatdi. Bu baliqlarning bir hil muhit sharoitida yashayotganligini va muhit omillarining salbiy ta’siri yo’qligini anglatadi.