MAHALLIY XOMASHYOLAR HAMDA CHIQINDILAR ASOSIDA OLINGAN IONITGA Cu2+ IONLARINING SORBSIYA IZOTERMASI

2021

Закрытый доступ Метаданные (CSL-JSON)
DOI 10.59251/2181-1296.v3.1272.893
Достоверность данных 70 средняя
Как считается эта оценка

Складывается из проверяемых признаков самой записи: есть ли у статьи DOI, сколько независимых источников подтвердили её данные, заполнены ли обязательные поля и насколько свежо последнее подтверждение. Снижают оценку расхождения между источниками и отсутствие идентификатора. Значение от 80 означает, что запись опубликована без дополнительной проверки; от 60 до 79 — что она опубликована с пониженной достоверностью и ручная проверка желательна. Запись, выверенную редактором вручную, пересчёт не опускает ниже 90. Это оценка наших данных о статье, а не оценка самой статьи.

Аннотация

Ushbu maqolada polivinilxlorid (PVX) va chiqindilar asosida olingan, kuchsiz asos xossasini namoyon qiluvchi ionitga sun’iy eritmalardagi Cu2+ ionlarining sorbsiyasi 298K haroratda, sorbsiya davomiyligi muvozanat holatigacha (18-soat) va turli konsentratsiyalarda o‘rganish natijalari keltirilgan. Jarayonlarning muvozanat holatidagi adsorbsiya mexanizmini ifodalash uchun Lengmyur, Flori-Haggins, Freyndlix, Temkin va Dubinin-Radushkevich izoterma modellaridan foydalanildi. Olingan natijalar asosida hisoblab topilgan izoterma parametrlari ?2 (0,774-0,987) qiymati barcha izoterma modellarida mos kelganligi aniqlandi. Lengmyur izoterma modeli bo‘yicha ????= 109,9 mg/g, Flori-Xaggins izoterma modeli bo‘yicha ∆Gads=-20,314 kDj/mol, Freyndlix izoterma modeli bo‘yicha n= 2,865, Temkin izoterma modeli bo‘yicha ?? =120,3 J/mol, Dubinin-Radushkevich izoterma modeli bo‘yicha ??=2,14•10-2 kJ/mol•K va ??= 4,84 kJ ekanligi kelib chiqdi. Bu esa polivinilxlorid hamda chiqindilar asosida tarkibida azot saqlagan yangi ionitga Cu2+ ionlarini yuqori darajada sorbsiyalashini ko‘rsatadi.