Аннотация
Mazkur maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘quv faoliyatiga moslashuv kompetensiyasini rivojlantirishning psixologik-pedagogik asoslari tadqiq etilgan. Tibbiy ta’limning murakkabligi, o‘quv yuklamasining yuqoriligi, nazariy bilimlarni amaliy va klinik ko‘nikmalar bilan integratsiyalash zarurati talabalardan yuqori darajadagi moslashuvchanlikni talab etadi. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot talabalari o‘quv faoliyatiga moslashuvining asosiy psixologik- pedagogik omillarini aniqlash va ularni rivojlantirish mexanizmlarini asoslashdan iborat. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarning tizimli tahlili, meta-tahlil natijalarini qiyosiy o‘rganish va psixologik-pedagogik interpretatsiya usullaridan foydalanildi. Ilmiy manbalar tahliliga ko‘ra, tibbiyot talabalarida stress, xavotir, depressiya, uyqu muammolari va burnout nisbatan yuqori darajada uchraydi.