Аннотация
Ushbu tadqiqot Qashqadaryo viloyati hududida qishloq xo‘jaligi va yovvoyi hayvonlarda uchrovchi Rhipicephalus avlodi kanalaritarqalishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Rhipicephalus sanguineus, R. turanicus va R. rossicusturlarining uchrashi aniqlanib, ularning hayvonlarga bog‘liq holda tarqalishi va hayvonlarning zararlanish darajasi baholandi.Rhipicephalus avlodi kanalari faolligining mavsumiy dinamikasi havo harorati bilan bevosita bog‘liq ekanligi hamda turlirivojlanish bosqichlarida xo‘jayin tanlash xususiyatlari aniqlandi. Olingan natijalar Rhipicephalus avlodi kanalarining ekologiyasiva chorvachilik xo‘jaliklarida ularga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga egahisoblanadi.