OSTEOARTROZ BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING KLINIK TAVSIFI

2025

Полный текст Открытый доступ: Hybrid Метаданные (CSL-JSON)
DOI 10.69617/nuuz.v3i3.2.9431
Достоверность данных 70 средняя
Как считается эта оценка

Складывается из проверяемых признаков самой записи: есть ли у статьи DOI, сколько независимых источников подтвердили её данные, заполнены ли обязательные поля и насколько свежо последнее подтверждение. Снижают оценку расхождения между источниками и отсутствие идентификатора. Значение от 80 означает, что запись опубликована без дополнительной проверки; от 60 до 79 — что она опубликована с пониженной достоверностью и ручная проверка желательна. Запись, выверенную редактором вручную, пересчёт не опускает ниже 90. Это оценка наших данных о статье, а не оценка самой статьи.

Аннотация

Ushbu maqolada osteoartroz bilan kasallangan bemorlarning klinik tavsifi yoritilgan. Tadqiqotda kasallikning rivojlanish omillari, klinik belgilari, rentgenologik va laborator ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Shuningdek, yosh, jins va qo‘shimcha kasalliklar bilan bog‘liq farqlar ko‘rib chiqilgan. Natijalar osteoartrozning erta tashxisi va individual davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada osteoartroz bilan kasallangan bemorlarning klinik tavsifi tahlil qilinadi. Tadqiqotda 47 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 81 nafar ayol ishtirok etgan bo‘lib, ularning o‘rtacha yoshi 57,7±7,55 yilni tashkil etdi. Barcha bemorlar postmenopauza davrida bo‘lgan, ularda OA ning klinik va rentgenologik belgilari, shuningdek, kasallikning davomiyligi, zararlangan bo‘g‘imlar soni va turi, hamroh patologiyalar o‘rganilgan. Ko‘pchilik bemorlarda tizza va son bo‘g‘imlarining birgalikda zararlanishi aniqlangan, shuningdek, poliosteoartroz holatlari ham keng tarqalgan. Maqolada osteoartrozning klinik ko‘rinishlari (og‘riq, harakat cheklanishi, deformatsiya), diagnostik mezonlari, va davo usullari (NPVP, fizioterapiya, hondroprotektorlar va boshqalar) yoritilgan. Fenotiplarga asoslangan yondashuv orqali kasallikni individual darajada baholash va davolash samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlangan. Xulosa qilib aytganda, osteoartroz ko‘p faktorli va fenotipik farqlarga ega kasallik bo‘lib, bemorlarni klinik jihatdan to‘g‘ri baholash davo strategiyalarini optimallashtirishga xizmat qiladi