Аңдатпа
Ushbu maqolada CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvi orqali o'zbek yuqori sinf o'quvchilarining ingliz tili talaffuz ko'nikmalarini rivojlantirish masalasi tadqiq etiladi. O'zbekiston umumta'lim maktablarida talaffuz ko'nikmalarini o'qitishdagi muammolar tahlil qilinib, CLIL asosidagi metodikaning samaradorligi eksperimental tarzda isbotlangan. Namangan shahridagi maktablarda o'tkazilgan eksperiment natijalari CLIL yondashuvining an'anaviy usulga nisbatan talaffuz ko'nikmalarini rivojlantirishda ustunligini ko'rsatadi.