Аңдатпа
Dolzarbligi.Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi (SOO‘K) va shifoxonadan tashqari pnevmoniya(ShTP) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik,ularning birga klinik kechishi,diagnostika va davolash usullari yetarlicha o‘rganilgan. Biroq SO‘OK bilan og‘rigan bemorlarda pnevmoniyadan keyin rivojlanishi mumkin bo‘lgan fibrotik o‘zgarishlarni erta aniqlash, ularning xavf omillarini aniqlash va fibroz profilaktikasining kompleks algoritmini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha dalillar nisbatan cheklangan. [1]. Shu sababli ushbu guruh bemorlarida postpnevmonik fibrotik o‘zgarishlarning oldini olishga qaratilgan samarali va xavfsiz terapevtik yondashuvlarni izlash dolzarb ilmiy-amaliy masala hisoblanadi.