Аңдатпа
Mazkur maqolada o‘zbek nutq madaniyatining o‘ziga xos va kam o‘rganilgan hodisalaridan biri — shaklan qarg‘ish ko‘rinishida namoyon bo‘lib, mazmunan ijobiy tilak (duo) semantikasini ifodalovchi ekspressiv birliklar lingvopragmatik va psixolingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda, xususan, voha aholisi nutqida uchraydigan “Makkaga imom bo‘lgur”, “Umring uzoq bo‘lgur”, “Bo‘ying tilla tushgur” kabi birliklarning antifrazis hodisasi sifatidagi tabiati ochib beriladi. Ushbu birliklarning yuzaga kelish omillari, ularning milliy mentalitet, nutqiy etiket va kommunikativ strategiyalar bilan bog‘liqligi asoslanadi.